TATU da dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Fan-texnika 16:05 / 30.04.2016 8246

2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “2016 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 
Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad: universitet va uning hududiy filiallarida ta'lim olayotgan talabalarning faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, eng asosiysi, yuqori salohiyat va iqtidorga ega bo‘lgan dasturchilar maktabini shakllantirishga qaratilgan.
Ko‘rgazmada iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan 200 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etiladi. Shuningdek, 33 ta axborot tizimlari ishlanmalari, 11 ta veb-sayt, 55 ta dasturiy ishlanma, 20 ta apparat ishlanmalar, 44 ta texnik ishlanma, 21 ta kompyuter o‘yin dasturlari va 19 ta mobil ilovalardan iborat ishlanmalardir.
Ko‘rgazmada 5 ta nominatsiya belgilangan bo‘lib, tadbir yakunida “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng yaxshi veb-ishlanma”, “Eng yaxshi android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” mualliflari tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  ko‘magida tashkil etilmoqda.


 

Ko‘proq yangiliklar: