Shvetsiyada qirol Karl XVI Gustavning 70 yilligi nishonlanmoqda

Jahon 17:39 / 30.04.2016 1776

Shanba, 30 aprel kuni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning 70 yilligi nishonlanmoqda. Tantanali marosim saroy cherkovida boshlangan.

Bu kun istagan kishi saroyga kirishi va mamlakat qirolini tavallud ayyomi bilan muborakbod etishi mumkin. U yerda kechga yaqin harbiy orkestrning chiqishi va qorovullarning tantanali tarzda almashinuvi bo‘lib o‘tadi.

Saroyning davlat zalida bo‘ladigan kechki ziyofatda hukumat a'zolari, jumladan, Yevropa qirollik oilalari vakillari ham ishtirok etishi mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun: Karl XVI Gustav taxtga 1973 yilda kelgan bo‘lib, o‘shanda 27 yoshda edi.

Ko‘proq yangiliklar: