KXDRning Koreya tinchlik birlashuvi bo‘yicha qo‘mitasi (KTBQ) Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Pak Kin Xening 28 aprel kuni Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisida aytgan so‘zlarini siyosiy jihatdan asoslangan provakatsiya deb hisoblaydi. Bu haqida qo‘mita matbuot-reliziga tayanib TASS agentligi xabar berdi.
KR rahbarining KXDR yangi yadroviy sinov o‘tkazsa, uning kelajagi yo‘qligi to‘g‘risidagi nutqi Pxenyanda tashvish uyg‘otdi. "KXDR xalqi va ijtimoiy tizimi qadr-qimmati uchun haqoratli bo‘lgan bunday so‘zlar kechirilmaydigan, siyosiy jihatdan asoslangan provakatsiya hisoblanadi", - ta'kidladi KTBQ. Qo‘mitaning fikricha, ikki koreys mamalkatlarining o‘zaro munosabatlarini falokat yoqasiga olib kelgan Pak Kin Xeni "butun koreys millatining eng og‘ir hukmi" kutmoqda. Milliy xavfsizlik kengashidagi majlisda so‘zga chiqqan Pak Kin Xe Koreya Mehnat partiyasining 6 mayda ochilishi kutilayotgan yettinchi s'yezdi arafasida KXDRda navbatdagi yadroviy sinov o‘tkazilishning yuqori ehtimoli borligini qayd etgan.
Agar 1-3 mayga rejalashtirilgan Eronga tashrifi chog‘ida Pxenyan tomonidan yadroviy sinov amalga oshirilsa, Janubiy Koreya yetakchisi hokimiyat vakillariga Milliy xavfsilik xizmati kengashining shoshilinch majlisini o‘tkazish buyrug‘ini berdi.
Bundan tashqari, davlat rahbari mamlakatning harbiy kuchlarini "Shimol tomondan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalarga" to‘liq tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.