TseRNda (CERN – Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazi) Katta adron kollayderda xoryok transformatorlardan birini ishdan chiqargandan keyin nosozliklar paydo bo‘ldi. Bu haqda markazning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Saytdagi ma'lumotlarga ko‘ra, yirtqich hayvon 66 kilovattli elektr transformator simini tishlab tashlagandan keyin kollayder energiya uzilishi oqibatida to‘xtagan. Oqibatda xoryokning o‘zi katta quvvat oqibatida kuyib nobud bo‘lgan, markazda esa elektr toki o‘chib qolgan.
"Men kechasi bizda elektr bilan muammolar bo‘lganini tasdiqlay olaman. Biz bunga xoryok sabab bo‘lgan, deb gumon qilmoqdamiz", deb aytdi markaz matbuot kotibi Arno Marsole.
Uning aytishicha, kollayderni ishga qaytarish uchun bir necha kun kerak bo‘ladi, biroq qurilma soz holatda va uni ta'mirlashda hech qanday muammo chiqmasligi kerak.