Ellikqal'ada “Kasaba - tur” velomarafoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston 17:54 / 30.04.2016 4564

Ellikqal'a tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida har yil o‘tkazilishi an'anaga aylangan “Kasaba - tur” velomarafoni bo‘lib o‘tdi. Tumandagi tashkilotlar kasaba uyushmalari tomonidan tashkil qilingan muobaqada tashkilot-korxona, ta'lim muassasalari va mahallalardan 100 nafardan  ortiq havaskor poygachilar qatnashdi.

Ishtirokchilar 20-35 yosh orlig‘i  va 35 yoshdan yuqori bo‘lgan yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar. Musobaqalar yakunida Ellikqal'a san'at va pedagogika kolleji o‘qituvchisi M.Qipchaqbayev g‘olib deb topilgan bo‘lsa, 35 yoshdan yuqori yosh toifasi bo‘yicha 36-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi D.Erimov, ayol-qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa 47-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Z.Sobirbayeva  g‘olibikni qo‘lga kiritdi. G‘olib sportchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan munosib taqdirlandi.

Dilshodbek Jumaniyozov

Ko‘proq yangiliklar: