Bag‘dodda namoyishchilar Iroq parlamenti binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilarning hujumi oqibatida bir necha deputat jarohat oldi, ularning ahvoli og‘ir qolmoqda. Bu haqda "Al-Jazira" telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Iroqda ommaviy norozilik namoyishlari mamlakatda korrupsiya darajasining o‘sishidan aholining noroziligi ortida yuz berdi. Namoyishchilar hukumatning itse'fosini talab qilmoqdalar. Shia yetakchisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari deputatlar kvorumning yetarli emasligi sababli hukumatning yangi tarkibi bo‘yicha ovoz bera olmaganlaridan keyin parlament binosiga bostirib kirishgan.
Bag‘dodda favqulodda vaziyat e'lon qilindi, harbiylar to‘liq jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Iroq poytaxtiga kirish yo‘llari berkitilgan. Shahar markazidan AQSh va boshqa davlatlar elchixonalari xodimlari evakuatsiya qilinmoqda, BMT vakolatxonalari yopib qo‘yildi.