Bag‘doddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi yaralandi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumoti asosida Sinxua agentligi xabar qilmoqda.
Minalashtirilgan yuk mashinasi 30 aprel tongida mahalliy bozorlardan biri yaqinida portlagan.
Yaradorlar eng yaqin shifoxonalarga yotqizilgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.