Yangi Zelandiyada kutubxonadan 67 yil avval olgan kitobini kechikib qaytargan ayolni kechirishdi

Jamiyat 17:17 / 29.04.2016 1580

Yangi Zelandiyada yashovchi ayol 67 yil muqaddam kutubxonadan olgan kitobini juda kech qaytargan bo‘lsada, jarimadan qutilib qoldi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Xabar qilinishicha, ismi sir tutilgan ayol 1948 yili, hali maktab o‘quvchisi bo‘lganida Oklenddagi kutubxonadan o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan "Maorilar hayotiga oid miflar va afsonalar" nomli kitobni olgandi. 28 aprel kuni, olingan vaqtidan 24 605 kun o‘tib u kitobni kutubxonaga qaytargan va kechikkani uchun uzr so‘ragan.

"U kitobni hali juda kichikligida olgan va o‘tgan davr davomida uni ortga qaytarishning yo‘lini qila olmagan. U juda xijolat bo‘ldi, lekin men uning o‘tgan 10 yillar davomida u kitobni bir necha marta qayta o‘qib chiqqanini eshitib xursand bo‘ldim", deydi kutubxonachi Zoye Kornelius.

Qayd etish kerakki, bunday kechikish uchun 17 ming dollar miqdoridagi jarima qo‘llanishi kerak bo‘ladi, ammo kutubxona ma'muriyati ayolni kechirishga qaror qilgan. U bola vaqtida kitobni olgani uchun unga jarima qo‘llanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: