Toshkentda o‘tkazilayotgan armrestling bo‘yicha XV Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Mirabdulla Mirkarimov, Samariddin Asretdinov, Shuhrat Davronov, Nuriddin Boltaboyev, Farruh Asqarov, Gulchehra Abdiyeva, Rafiga Aslanova shohsupaga ko‘tarildi.
Yigirma bir yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida Aziza Saidova 50 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Gulnoza Qosimova va Dilnoza Jumanova ushbu vaznda kumush va bronza medallarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Olimjon Anvarov, Humoyun Toshmuhammedov, Muhammadamin Ne'matullayev, Muhammad Sultonov, Sitora Xo‘jamova, Orasta Qo‘chqorova, Zaytuna Fozilova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.