Uch nafar paralimpiyachimiz suzish bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida ishtirok etadi

Sport 18:13 / 29.04.2016 1550

Joriy yilning 30 aprel — 7may kunlari Portugaliyaning Funchal shahrida suzish bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada 50 ta davlatdan 450 ta sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Chempionatda O‘zbekistonlik sportchilardan Toshpo‘latova Shoxsanam, Odilova Muslima va Pankov Kirillar suzishning 50 m., 100 m., 200 m., 400 m., erkin, bras, chalqancha va baterflay turlarida kuch sinashadi.

Ko‘proq yangiliklar: