Tojikistonda familiya va otalik ismining ruscha tugashiga rasman chek qo‘yildi

Jamiyat 17:44 / 29.04.2016 3982

Tojikiston Respublikasida fuqarolarning familiyasi va otasining ismi ruscha tugashiga rasman chek qo‘yildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra ushbu qaror Tojikiston Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolik holatini ro‘yhatga olish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Fuqarolik holatini ro‘yxatga olish boshqarmasi rahbari Jaloliddin Rahimovning aytishiga qaraganda, endi endi familiyalarning oxiri tojikcha, yordamchi «zod», «zoda», «ӣ», «iyon», «far» shakllar bilan tugaydi.

Ma'lum bo‘lishicha, Tojikiston Respublikasida istiqomat qilayotgan ayrim mahalliy aholi vakillari farzandlarining familiyasi oxiridagi «ov», «ova»,«ovich», «ovna», qo‘shimchalar saqlanib qolishini istashmoqda.

2007 yilda o‘z tavallud ayyomini nishonlagan Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Sharifovich Rahmonov o‘z ismini xalqqa ibrat sifatida Emomali Rahmon tarzida o‘zgartirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: