Singapurda haydovchisiz jamoat avtobuslari ishga tushiriladi

Fan-texnika 20:03 / 29.04.2016 2588

Singapur jamoat transportlari qatoriga haydovchisiz rejimni joriy etishni maqsad qilgan. Buning uchun mahalliy yo‘lovchi tashish xizmati SMRT va Niderlandiyaning 2getthere Asia kompaniyasi hamkorlikdagi qo‘shma loyiha asosida joriy yilning so‘ngiga qadar yo‘llarda o‘z-o‘zini boshqaruvchi Group Rapid Transit (GRT) uchinchi avlod avtobuslarini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Haydovchisiz robot mashinalar to‘liq elektrlashtirilgan bo‘lib, 40 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda yura olish va ichki konfiguratsiyalari o‘zgargani sababli 24ta yo‘lovchini tashish imkoniga ega. Xavfsizlikka alohida e'tibor qaratilgan.

Yo‘l davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday qarama-qarshiliklar va favqulodda vaziyatlar avtomatik haydovchi tomonidan nazorat qilib boriladi. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun keng avtomatik eshiklar, konditsioner va ma'lumotlar displeyi o‘rnatilgan.

Hozircha haydovchisiz robotlashtirilgan avtobuslar biznes-bog‘lar, universitet shaharchalari, shuningdek, metro chekkalari va biznes markazlaridan parkovka qilish hududlarigacha bo‘lgan yerlarda ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

Avtonom transport vositalari odatiy yo‘llarda avtomobil boshqaruvchi haydovchilar bilan birga harakatlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: