Seulda barmoq-minora quriladi

Jamiyat 18:25 / 29.04.2016 3346

Janubiy koreyalik arxitektor Mun Xun barmoq shaklidagi minora loyihasini ishlab chiqdi. Minoraning tashqi ko‘rinishi buyurtmachining barmoq izlari asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Tech Insider xabar berdi.

“Mijoz o‘ta g‘ayritabiiy egilmagan minora modelini tayyorlashni so‘radi. Biz unga bir nechta variant taklif etdik. Barmoq izi tushirilgan minora uning ko‘nglidan joy oldi”, - deydi arxitektor.

13 qavatli minora tomida bog‘ barpo etiladi. Bino derazalari “qo‘l” chiziqlari bo‘ylab o‘rnatiladi.

Noodatiy obekt buyurtmachisi – Li Sen Su – penthausni egallaydi. Pastki qavatlar studiya ko‘rinishida pardozlanib, ijaraga berilishi rejalashtirilmoqda.

Futuristik obekt YDP Tower nomini oldi. Qurilish ishlari shu yil kuzida yoki kelgusi yil bahorida boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: