29 aprel kuni Misr poytaxti Qohira shahrining markazidagi tumanlardan birida politsiya avtomobili portlatib yuborildi. "Al-Vatan" gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash Giza tumanidagi avtomobillar estakadasida sodir bo‘lgan. Qurbon bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Misr IIV ma'lumotiga ko‘ra, Sharqiya viloyatida jinoiy guruh vakillari va politsiya o‘rtasida yuz bergan otishma tufayli 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.