Norvegiyada vertolyot qulashi bo‘yicha olib borilayotgan qidiruv amaliyoti ishtirokchilari Bergen shahridan g‘arbda qulab tushgan Eurocopter vertolyotining 11 nafar yo‘lovchisi jasadi qoldiqlarini aniqlagan. Bu xaqda politsiyaga asoslangan holda Bergens Tidende xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, vertolyotda avval aytilganidek 14 emas 13 kishi bo‘lgan, ulardan biri italiyalik, yana biri buyuk britaniyalik ekani aniqlangan. Yana 2 kishining jasadini izlash ishlari davom etgan.
Qayd etilishicha, vertolyot qoldiqlarining bir qismi quruqlikdan, qolgan qismi suvdan topilgan.
Guvohlar vertolyot havodaligidayoq portlab ketganini aytishgan.
Vertolyot Shimoliy dengizdagi neft platformasiga xodimlarni olib ketayotgandi.