Navoiy viloyatida 343 nafar fuqarolar yig‘ini raisi saylanadi

Jamiyat 18:57 / 29.04.2016 1820

O‘zbekistonda joriy yilning may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Navoiy viloyatida ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Navoiy viloyatida 343 nafar fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 3 ming 700 dan ortiq maslahatchisi saylanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonuni asosida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

– Viloyat markazida 30 mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, saylovlarda 30 rais va ularning 277 maslahatchisi saylanishi lozim, – deydi Navoiy shahar fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Ahror Pirnazarov.

Viloyatda saylovlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish, muqobillik asosida nomzodlar ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mahalla ahli o‘zi ishongan, tashabbuskor va fidoyi nomzodni saylashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: