Italiyaliklar Tesla Model S’ni Valentino’ga aylantiradilar

Fan-texnika 22:19 / 29.04.2016 2289

Italiyaning Up Design dizayn-studiyasi Turindagi avtosalonda ikkita kontsept-karini namoyish qilishini e'lon qildi. Avtosalon 8-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Kompaniya ko‘rgazmaga Luce kupesi hamda Tesla Model S elektrokarining qayta ishlangan versiyasi Valentino xetchbekini olib keladi.

Modellarning aniq texnik ko‘rsatkichlari hozircha noma'lumligicha qolmoqda. OmniAuto ma'lumotlariga ko‘ra, Valentino’ning asosiy xususiyati "karbondan ishlangan tajovuzkor kuzov obvesi" bo‘ladi. Kontseptning og‘irligi Tesla Model S kabi 2100 kg ni tashkil qiladi. Prototip 421 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlanadi, bu dvigatel orqa privodli "Tesla"ning 90D versiyasida qo‘llangan. Mashinaning yurish zaxirasi 502 km ni, ya'ni seriyali versiyasidan 30 km ko‘proqni tashkil qiladi.

Luce kupesi og‘irligi 1200 kg bo‘lib, mashina yengillashtirilgan alyuminiy kuzov bilan jihozlanadi. Bu kuzov konstruksiyasida ikkilamchi xom ashyo qo‘llangan. Ikki eshikli mashina 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlanadi. Kupe to‘liq privodli bo‘ladi va 288 ot kuchiga ega elektr dvigatel oladi. Batareyaning to‘liq quvvati 340 km ga yetadi.

Up Design  Valentino

Up Design dizayn-studiyasi Turindagi I.DE.A Institute avtoatelesining sobiq xodimi  Umberto Palermo tomonidan yaratilgan. Bu studiyaning loyihalari orasida 2012 yilda namoyish qilingan Vittoria gibrid superkari hamda Mole 01 kontseptual avtomobil kuzovi bor. Firma sanoat dizayni bilan shug‘ullanadi, uning mijozlari orasida maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Indesit va Ariston kompaniyalari bor.

Up Design Luce

Ko‘proq yangiliklar: