BAAda jarrohlik amaliyotisiz yurak xastaligiga chalingan bemor hayoti saqlab qolindi

Jamiyat 20:10 / 29.04.2016 4578

BAAdagi kasalxonalarning birida hech qanday jarrohlik amaliyotidan foydalanmagan holda hayot uchun zarur bo‘lgan yurak operatsiyasi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi va bu tibbiyot olamida katta yangilikka aylandi.

RAK shifoxonasining shifokorlari bir necha yillar davomida bemorning yurakdagi qon aylanishiga to‘sqinlik qilayotgan va kuchli og‘riq berayotgan notabiiy o‘sgan to‘qimalar - sub-aortal membranani jarrohliksiz ballonli dilatatsiya jarayoni orqali davolashga muvaffaq bo‘lishdi.

“Teri orqali ballonli dilatatsiya texnologiyasi” deb nom olgan innovatsion amaliyot nafaqat ko‘p holatda tavakkalchilik bilan qilinuvchi jarrohlik operatsiyalarini o‘rnini bosa oladi, balki jarrohlikdan so‘ng terida qoluvchi izlardan xalos etishga va bemorning sog‘lig‘i tabiiy yo‘l bilan tezroq tiklanishiga yordam beradi.

19 yoshli nigeriyalik bemor tug‘ma yurak xastaligiga chalingan edi, buning oqibatida so‘nggi yillarda, uning yuragi urishdan to‘xtab qolish holatlari ko‘p bor takrorlanib turdi. Qizning uyiga shifokorlar tez-tez kelib tursa-da, ular bu xastalikning oldini olish yoki yengillashtirish uchun hech qanday chora topa olishmadi. Nigeriyada o‘tkazilgan sinov operatsiyalari yurak qon aylanish tizimiga jiddiy ta'sir ko‘rsatib, qizning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Bemorning xastaligi kamdan-kam uchraydigan kasallik bo‘lib, u qonning yurak qismiga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi va oqibatda butun tanada kislorod tanqisligini keltirib chiqaradi.

Shundan so‘ng, bemor BAAdagi RAK shifoxonasiga jo‘natildi. U yerda shifokor Ajay Kanojia aortadan kichik masofa uzoqlikda joylashgan ingichka sub-aortal membranani topishga muvaffaq bo‘ldi. Membranada bir necha teshiklar bo‘lganligi sababli u yurakka oz miqdorda qonni yuborishga yordam berdi.

"Bu amaliyot 40-45 daqiqaga cho‘zildi. Amaliyotdan so‘ng bemor biroz dam olgach, butunlay sog‘ayib ketdi", - deydi shifokor Ajay Kanojia. Shifokor mazkur operatsiyani Sitaram Radxakrishnan bilan birgalikda o‘tkazdi.

Ko‘proq yangiliklar: