Afrikaga ketmoqchi bo‘lgan rossiyalik qizaloq Serra-Leonening Moskvadagi elchixonasiga taklif etildi

Jamiyat 21:56 / 29.04.2016 6770

O‘z tanloviga rozilik bildirmagan ota-onasidan qochib, ocharchilikdan qiynalayotgan afrikalik bolalarning oldiga ketmoqchi bo‘lgan qizaloq yana bir marta OAV nigohiga tushdi.

"Agar Afrika juda uzoq bo‘lsa, Laplandiyaga yo‘l olgan" qizchani Afrika janubida joylashgan Serra-Leone davlatining Moskvadagi elchixonasiga taklif etishdi.

Endi qiz davlatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganiga 55 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramga borishi mumkin.

Ushbu videoda qiz ochiqko‘ngillik bilan afrikalik bolalarga sut va tort, hatto o‘zi yeb o‘tirgan nonushta-yormasini ham olib bormoqchi bo‘ladi. 

“Hozir biz oyim bilan tort pishiramiz va Afrikadagi bolalarga olib boramiz... Yaxshisi, biz o‘sha yerda yashaylik... chunki men ulardan juda xavotir olyapman”, - deydi qizaloq.

Ko‘proq yangiliklar: