Pentagon rahbari AQSh kongressiga Suriya muxolifati uchun pullarning taqdim qilinishini taklif qildi

Jahon 23:44 / 28.04.2016 1727

Pentagon rahbari Eshton Karter AQSh kongressiga mamlakatning harbiy byudjyetidan Suriya muholifati otryadlarini tayyorlash uchun ajratilgan, biroq bu dastur muvaffaqiyatsiz chiqgani uchun qonun chiqaruvchilar tomonidan muzlatilgan 350 mln dollarni taqdim qilishni taklif qildi. Karter AQShning bu sohadagi strategiyasi o‘zgargani va yangi yondashuv samaraliroq bo‘lishi kerakligiga ishontirdi.

"Bu dastur IShID terrorchilik guruhiga qarshi quruqlikdagi operatsiya uchun juda muhim ahamiyatga ega", deb aytdi Karter va AQSh endi terrorchilar bilan kurash olib bormoqchi bo‘lgan suriyalik kuchlarni tayyorlash va jihozlash bo‘yicha boshqacha yondashuvdan foydalanishini qo‘shimcha qildi. Biroq ularga yordam berish uchun ayni vaqtda kongress tomonidan muzlatib qo‘yilgan 349 mln dollarni "ozod qilish kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Karter.

Karterning aytishicha, Suriyaga AQSh prezidenti Barak Obama qarori bilan yuborilgan 250 odamdan iborat maxsus kuch bo‘linmasi IShIDga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan suriyalik kuchlarni, jumladan sunniy arablarni aniqlaydi, tayyorlaydi va jihozlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: