Suriya poytaxti Damashq shahridan 360 km masofadagi Halabda "Jibhod an-nusra" va uning ittifoqchilari bo‘lgan boshqa terroristik guruhlar o‘t ochishni to‘xtatish sulhini buzdi.
"Suriya" telekanali ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar 28 aprel kuni kun davomida Halabga artilleriya zarbalari yog‘dirgan. Snaryadlar Suriya armiyasi nazorati ostida bo‘lgan shaharning aholi yashovchi kvartallariga kelib tushgan.
Shaharning Maydan, Ashrafiya, Masharika va El-Hamadoniya kabi kvartallarida talofatlar ko‘p bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar soni o‘sishda davom etmoqda. Ayni vaqtda tinch aholi vakillari bo‘lgan 18 kishining o‘limi tasdiqlangan. Shuningdek, 70dan ortiq kishi bu hujumlar tufayli jarohatlangan.
26 aprel kuni Halab ko‘chalariga snaryadlar kelib tushishi oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan 10 kishi halok bo‘lgani va 37 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.