Har yili Afrikada brakonerlar qo‘lidan 30 mingdan 40 minggacha fil nobud bo‘ladi. Bugungi kunga kelib yovvoyi tabiatda qolgan fillarning jami miqdori esa 400 ming atrofida.
Fillar suyagi uchun keng ko‘lamda ov qilinishi davom etmoqda va bu mahsulotga ayniqsa Osiyo mamlakatlarida talab katta hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab fil suyagi kontrabanda sifatida tarqaladi.
Bi-bi-si muxbiri Alister Leythed bilan o‘z shaxslarini sir saqlagan holda Afrika fillarini ovlash va fil suyaklari bilan noqonuniy ravishda savdo qilish bilan shug‘ullanadigan shaxslar suhbatlashishgan va o‘z bizneslari haqida so‘zlab berishgan.