Yuborilgan xabarlarni o‘chiradigan ilova ishlab chiqildi

Fan-texnika 11:10 / 27.04.2016 2248

Boshqa foydalanuvchiga jo‘natilgan xabar yuborilganidan keyin uning o‘chib ketishini ta'minlaydigan yangi Privates ilovasi paydo bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bunday zarurat xabarlar hissiyotga berilgan paytda yoki mast holatda yuborilganda tug‘iladi. Xabarni uni qabul qiluvchi o‘qib ulgurmaguncha o‘chirib tashlash mumkin. Xabar o‘qib bo‘lingach, uni o‘chirish mumkin emas.

Ilova, shuningdek, yuborilgan xabarlarni qabul qiluvchi tomonidan skrinshot qilinmasligini ham ta'minlaydi.

Bundan tashqari, ilova sozlamasida “telba” rejimi mavjud, bunda barcha yuborilgan xabarlar uch soat davomida o‘chiriladi. Shunday ekan, xabarlarni o‘sha zahoti o‘qimaydigan foydalanuvchi unga yuborilgan xabarni o‘qiy olmasligi mumkin.

Hozircha ushbu xizmat turidan OS Android va Windows qurilmali uskunalar orqali foydalanish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: