Vensan Kompani: «Madridda gol ura olsak, vaziyat keskin o‘zgaradi»

Sport 10:51 / 27.04.2016 1224

Angliyaning «Manchester Siti» klubi sardori Vensan Kompani Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final «Real»ga qarshi dastlabki uchrashuvi (0:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Nolli durang – bu juda xavfli hisob. Agar biz Madridda gol urishni eplay olsak, unda vaziyat keskin o‘zgarib ketadi.

Bunday hujumkor jamoaga qarshi o‘ynaganingda gol o‘tkazib yubormasliging qiyin. «Real» bizni qarshi hujumda ushlashga harakat qildi. O‘zimiz bilan faxrlanishimiz mumkin, chunki ikkita uchrashuvning birida gol o‘tkazmaslikni eplay oldik.

Xart standart vaziyatlarda bir qator ajoyib seyvlarni amalga oshirdi», deya gapirib o‘tgan Kompani.

Ko‘proq yangiliklar: