AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp raqib Demokratlar partiyasi nomzodi Berni Sandersga achinib, unga saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni tavsiya qildi. Tramp bu haqda tvitterida yozdi.
"Demokratlar Berni Sanders bilan yomon muomalada bo‘lishmoqda – delegatlar borasida ham, boshqa masalalarda ham. U bundaylarga nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi, mustaqil nomzod sifatida olg‘a borishi kerak", deb yozgan Tramp.
26 aprel holatiga ko‘ra, demokratlardan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Hillari Klinton yetakchilik qilmoqda. Klinton 1944 delegatning, Sanders esa 1175 delegatning ovoziga umid qilishi mumkin. Nomzodning kafolatlangan o‘tishi uchun 2383 ovoz yig‘ish zarur.
Tramp hamon respublikachi nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda. Biroq uning partiyadoshlari ularning fikricha yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siyosiy pozitsiyani egallayotgan Trampga qarshi chiqmoqdalar.
Avvalroq o‘nlab respublikachilar Trampga qarshi turishga tayyorliklari bildirilgan ochiq maktub chop etishgandi. Ulardan ba'zilari hattoki raqib partiya vakili, ya'ni Klintonga ovoz berish istagini bildirishgan.
25 aprelda Trampning partiya bo‘yicha asosiy raqiblari – senator Ted Kruz va Ohayo gubernatori Jon Keysik Trampga qarshi hamkorlik qilishga kelishib olganlarini ma'lum qilishgandi.