Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun mavqeini yanada mustahkamlab oldi: u partiya ichidagi dastlabki saylovlar o‘tgan barcha 5 ta shtat: Pensilvaniya, Merilend, Konnektikut, Rod-Aylend va Delaverda g‘olib bo‘ldi.
AVS telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, respublikachi milliarderga Pensilvaniyada 69 foiz, Konnektikutda – 59 foiz, Rod-Aylendda – 66 foiz, Delaverda 59 foiz saylovchi ovoz berdi.
"Umid qilamanki, barcha ovoz berishga bormoqda, chunki bu o‘ziga xos noyob hodisadir. Bu harakatdir", deb o‘z yutug‘iga izoh berib o‘tdi Tramp.
O‘z navbatida demokratlarda uchta shtat: Merilend, Pensilvaniya va Delaverda Xillari Klinton yetakchilik qilmoqda.
26 aprelda o‘tgan praymeriz natijalariga ko‘ra 18-21 iyulda Klivlendda o‘tadigan respublikachilar qurultoyida 172 delegatning ovozi taqsimlanishi kerak. Qurultoyda partiya nomidan kim AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etuvchi rasmiy nomzod bo‘lishi haqida qaror qabul qilinadi.