OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Youtube’da chop etilgan videoyozuvlardan birida suriyalik armanlar Bashar Asaddan ularni butun dunyo "o‘rtamiyona muxolifat" deb atayotgan jangarilar zulmidan qutqarishni iltijo qilib so‘rashayotgani tasvirlangan.
Videoda bir erkak va ayol muxbirga ularning ko‘z o‘nglarida har kuni sodir etilayotgan dahshatlar haqida so‘zlab berishadi. Videodagilarning barchasi Halab vakillaridir.
Videoga izohlarda "prezident terrorchilarga qarshi nimadir qilishi kerakligi", tinch aholi terrorchilar shahardan quvib chiqarilishi uchun bombardimonlarga ham chidashga tayyorliklari aytilgan.
Asad armiyasi shaharni jangarilardan ozod eta oldi. Biroq o‘t ochishni to‘xtatish sulhiga qaramasdan, terrorchilar tinch aholini o‘ldirish va harbiylarni o‘qqa tutishni davom ettirmoqda.
24 aprelda terrorchilar Halabga navbatdagi hujumni amalga oshirdi. Hujum oqibatida bir necha kishi yaralangan, bir ayol halok bo‘lgan.