AQShda rezina o‘rdakchalar poygasi g‘olibiga dunyoning istalgan yerida kechki ovqat taklif qilinadi, deb xabar bermoqda Boston Globe.
An'anaviy Ducky Wucky River Race musobaqasi 7 mayda Garvardda bo‘lib o‘tadi. Daryoda o‘tadigan poygada bir necha ming raqamlangan rezina o‘rdakchalar ishtirok etadi.
Chiptasi raqami birinchi o‘rinni egallagan o‘rdakchaning raqami bilan mos tushgan tomoshabin g‘olib deb topiladi. G‘olibga dunyoning istalgan yeriga ikki kishilik sayohat, jumladan bepul kechki ovqat, aviachiptalar, mehmonxona mukofot sifatida beriladi.
Avvalgi musobaqalar g‘oliblari sayohat qiladigan manzillari sifatida Venetsiya, Parij, Tokio, Dublin, Avstraliya, Indoneziya, JARni tanlashgan.
Poyga Garvardda 20 yildan ko‘proq vaqtdan beri o‘tkazib kelinadi. Bir dona o‘rdakchaning narxi 5,5 dollarni, 5 ta o‘rdakchadan iborat to‘plamning narxi 21 dollarni, 13 talik to‘plamning narxi esa 42 dollarni tashkil qiladi.