AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter harbiylarning tamaki iste'mol qilish darajasini kamaytirish tashabbusi bilan chiqqan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, AQSh armiyasining harbiy bazalaridagi tamaki narxlari bozor narxiga yetkazib qo‘yiladi.
Direktiva shuningdek, bolalar tashrif buyurishini inobatga olgan holda harbiy bazalarda chekish taqiqlangan hududlarni kengaytirmoqchi.
Bundan oldinroq, AQSh hukumati samolyotlarda elektron sigaretlar chekishni taqiqlagandi.