OAV: Barak Obama nemislar ishonchini oqlamadi

Jahon 12:13 / 27.04.2016 1057

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z vazifasiga kirishgan vaqtda, Germaniya unga ishonch nazari bilan qaray boshlagan edi. Ammo Amerika yetakchisi nemislar ishonchini oqlay olmadi, deb yozadi Der Spiegel gazetasi.

Nashrning fikricha, Obama — amalda biron ishni bajara olmaydigan safsataboz xolos. Bild gazetasining yozishicha, Obama nemis kansleri Angela Merkelning qochqinlarga nisbatan siyosatini olqishlagan, ammo amalga kelganda AQShning o‘zi atigi 2500 suriyalikka boshpana bergan. Bu yilda bu raqamga 10 ming qo‘shilishi kutilmoqda. Obama o‘z siyosiy barqarorligini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da 1 mln. qochqinga boshpana bergan davlatda shunday balandparvoz gaplarni aytishga jur'at topa oldi.

Der Spiegel nashri, aksincha, maqolasini Obamaning siyosiy g‘alabalarini e'tirof etish bilan boshlagan. Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilishi, Iroq va Afg‘onistondan harbiy qo‘shinlarning olib chiqilishi, Kuba bilan munosabatlarning tiklanishi. Ammo uning mag‘lubiyati ham anchagina vaznlidir. Guantanamo qamoqxonasi yopilganicha yo‘q, uchuvchisiz samolyotlar vositasida berilayotgan zarbalar tinch aholi vakillari hayotiga zomin bo‘lmoqda, AQSh dunyo nazoratini to‘liq o‘z ixtiyoriga olishga urinmoqda. Janob Obama, shuningdek, milliy muammolar, xususan, ijtimoiy tarqoqlik va tengsizlikka barham bermadi, tibbiy sug‘urta tizimida islohotlarni amalga oshira olmadi.

Obama dunyoni yaxshilay olmadi, deb yozadi gazeta. Agarda ma'naviyat davlat ixtiyoridagi kapital deydigan bo‘lsak, u holda AQSh kasodga uchragan davlatdir.

Ko‘proq yangiliklar: