Lukashenko Belarusda parlament saylovlari muddatini tasdiqladi

Jahon 19:10 / 27.04.2016 904

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy majlisning vakillar palatasi yangi tarkibi uchun saylovlarni 11 sentabrda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha davlat rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Uning bildirishicha, saylovoldi tashviqot kampaniyasi 10 iyundan kechikmasdan boshlanadi. An'anaga ko‘ra, saylovlarga MDH va YeXHT vakillari kuzatuvchi sifatida taklif etiladi.
Ammo Yermoshina bo‘lajak siyosiy voqelikdagi kuzatuvchilarning taxminiy soniga oydinlik kiritolmagan. Uning aytishicha, 2012 yilgi parlament saylovlarida 600 nafar atrofida xalqaro vakil ovoz berish jarayonini kuzatib borgan.

Ko‘proq yangiliklar: