KXDR Mehnat partiyasi s'yezdi 6 may kuni bo‘lib o‘tadi

Jahon 10:13 / 27.04.2016 1069

Janubiy Koreyaning Renxap agentligi Pxenyan radiosiga tayangan holda tarqatgan ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya mehnat partiyasining s'yezdi so‘nggi 36 yil ichida ilk marotaba 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

"KMP (Koreya mehnat partiyasi) markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi qaroriga ko‘ra, partiya s'yezdi 2016 yil 6 may kuni o‘tkaziladi", — deb e'lon qilgan KXDR markaziy radiosi.

Janubiy Koreya axborot agentligi qayd etishicha, siyosiy anjuman mamlakat yetakchisi Kim Chen In hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Seul ekspertlarining fikricha, bu safargi partiya forumi 3-4 kun davom etishi mumkin.

Aytish joizki, KMP s'yezdi oxirgi marotaba 1980 yilda tashkil etilgan edi. Unda mamlakatning hozirgi yetakchisining otasi Kim Chen Ir Shimoliy Koreya ilk rahbari Kim Sen Irning o‘rnini egallashi rasman tasdiqlangandi. Ammo KMP Kim Chen Ir hukmronligi davrida biron marta ham yirik anjuman o‘tkazmagan.

Ko‘proq yangiliklar: