Iordaniyada Livan rok-guruhining konserti taqiqlab qo‘yildi

Jamiyat 20:18 / 27.04.2016 1210

Iordaniya rasmiylari Livanning taniqli rok-guruhi Mashrou' Leila’ning konsertini diniy va jinsiy erkinlik haqidagi qo‘shiqlari sababli taqiqlab qo‘yishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Dastlab Iordaniya qadimiyliklar departamenti guruhga konsert hududning ma'naviyatiga to‘g‘ri kelmasligi sababli mamlakatning poytaxtidagi Rim teatri sahnasida chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Keyinroq Amman rasmiylari guruhning qo‘shiqlari diniy e'tiqodlarga zid kelishini ma'lum qilishgan.

Taqiqlov Iordaniyaning g‘arbiy ittifoqdoshlarida savollar uyg‘otishi mumkin. Bungacha mamlakat islom fundamentalizmi o‘sayotgan, mintaqadagi eng liberal davlatlardan hisoblangan.

Mashrou' Leila gitarachasi guruh siyosiy hujumlar nishoni bo‘ladigan darajada tanila olganini ta'kidlab o‘tdi.

Bungacha guruh Ammanda uch marta konsert bergan.

Ko‘proq yangiliklar: