Etihad Airways aviakompaniyasi sof daromadi 41 foizga oshdi

Jamiyat 19:15 / 27.04.2016 1039

Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasi Etihad Airways sof foydasini 41 foizga oshirdi. Bu haqda Market Watch xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya foydasi 2015 yilda 103 millionni tashkil etgan, 2014 yili esa bu ko‘rsatkich 73 million dollar bo‘lgan.

Ushbu natijalarga tashilgan yo‘lovchilar sonining ortishi hamda aviayoqilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qilgan neft narxining pasayishi evaziga erishildi.

2015 yilda kompaniya 17,6 million kishini o‘z manziliga yetkazgan, bu esa 2014 yil ko‘rsatkichidan 18,9 foizga ko‘p.

Bundan tashqari, Etihad Airways yillik daromadi 19,5 foizga – 7,55 milliard dollardan 9,02 milliard dollarga oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: