11 yoshli o‘quvchi qiz bir o‘zi Moskvadan Peterburgga chiptasiz uchib ketdi, deb xabar bermoqda Peterburg huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda FlashNord nashri.
"Dushanba kuni (25 aprel) qiz chiptasiz Moskvadagi Vnukovo aeroporti nazoratini o‘ta olgan, shundan keyin "Rossiya" aviakompaniyasining Pulkovo aeroportiga uchadigan samolyotiga o‘tirgan", deb aytdi manba.
Manbaning aytishicha, qiz bu qilmishini samolyotda parvoz qilib ko‘rish istagi bilan tushuntirgan.
Transport politsiyasida qizning uchib ketishi holati tasdiqlandi.
"Qiz maxsus boshpanaga yuborilgan, uning ota-onasiga qaytarilishi masalasi hal qilinmoqda", deyilmoqda xabarda.
Shuningdek, politsiyada balog‘atga yetmagan qizning kattalarsiz Pulkovoda paydo bo‘lishi tafsilotlari aniqlashtirilayotgani qo‘shimcha qilindi.