Toshkentda erkin va yunon-rum kurashi murabbiylari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Butunjahon kurash ittifoqi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sport kurashlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda murabbiylar xalqaro musobaqalarga sportchilarni yuqori saviyada tayyorlash, mashg‘ulotlarni yangi usullar orqali o‘tkazish bo‘yicha bilimini oshiradi.