Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Igor Voronchenkoni Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining yangi qo‘mondoni etib tayinladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
"Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi, mudofaa vaziri va Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i bilan maslahatlashganimdan keyin, men sizning nomzodingizni ma'qullashga qaror qildim. Biz sizga o‘zingizning eng yaxshi sifatlaringizni ko‘rsatishingiz uchun biroz vaqt beramiz", deb aytdi Poroshenko.
Avvalroq Poroshenko Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Sergey Gaydukni o‘z lavozimidan bo‘shatgandi. Poroshenkoning ta'kidlashicha, bunga Gaydukning xizmatini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va obro‘si pastligi sabab bo‘lgan.