O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 26 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5 so‘m 33 tiyinga o‘sib, 2899 so‘m 25 tiyin etib belgilandi.
26 apreldan e'tiboran 1 yevro qiymati 3297 so‘m 80 tiyin (19 apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 82 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 78 tiyin (19 apreldagi kursga nisbatan 4 tiyinga arzonlashgan) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.