Obama AQSh Liviyadagi vaziyatni prognoz qilishda xato qilganini aytdi

Jahon 07:40 / 25.04.2016 956

AQSh hukumati Liviyaning sobiq yetakchisi Muamar Kaddafi ag‘darilgandan keyin bu mamlakatdagi vaziyatni prognoz qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men hamon biz Kaddafi gapirgan zo‘ravon harakatning oldini olish uchun xalqaro koalitsiya a'zosi sifatida Liviyaga kirib borib to‘g‘ri qilganmiz, deb hisoblamoqdaman", deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, AQSh hukumati "bundan keyin nima bo‘lishini" to‘g‘ri baholashi kerak edi, biroq buni qo‘lidan keladigan darajada samarali amalga oshira olmadi.

Obama ayni vaqtda Liviyaning yangi hukumatiga qo‘llab-quvvatlovni kafolatlash muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Liviyada 31 martdan bosh vazir Fayoz as-Saroj boshchiligida yangi milliy birdamlik hukumati o‘z ishini boshladi.

Avvalroq Obama Liviyaga qurolli kirib borilishni prezidentlik davridagi eng katta xatosi deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: