Frantsuz yozuvchisi Martin Grey vafot etdi

Jamiyat 22:17 / 25.04.2016 2461

Frantsuz yozuvchisi Martin Grey 93 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi L'Express. U “Men sevgan insonlarga” nomli avtobiografik asari bilan tanilgan edi. 

Grey Varshava shahrida tavallud topgan. U “Men sevgan insonlarga” nomli asarida Ikkinchi jahon urushi vaqti Treblinka konslagerida onasi va aka-ukalaridan, Varshava gettosida esa otasidan qanday qilib ayrilgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shuningdek, yozuvchi aynan mana shu asarida turmush o‘rtog‘i va farzandlari 1970 yilda o‘rmondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgani haqida ham so‘zlab bergan.

1983 yilda avtobiografik kitob asosida film suratga olingan. “Barcha yaqinlarim nomidan” kinokartinasida bosh rolni Maykl York ijro etgan.
2012 yildan beri Grey Sine (Belgiya) shahrida yashab kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: