Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududda chegara bo‘ylab 40 km lik ta'sir doirasiga ega 300 ta reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimini joylashtirdi. Bu haqda harbiy doiralardagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tizimlarning kalibri 122 mm ni tashkil qiladi. Shunday diametrdagi snaryadlar Janubiy Koreyaning Yonpxyondo oroli 2010 yilda o‘qqa tutilganda ishlatilgan, biroq endi bu snaryadlarning ta'sir doirasi 2 barobarga oshgan.
Manbaning aytishicha, bunday snaryadlar Kyongido orolining katta qismiga ziyon yetkazishi va nazariy jihatdan Seuldagi prezident saroyiga yetib borishi mumkin.