Uchish punkti mamlakat ichida bo‘lganida aviabiletlarni milliy valyutada realizatsiya qilinadigan shaxslar ro‘yxati tasdiqlandi

Iqtisodiyot 12:42 / 24.04.2016 2673

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 avgustdagi 224-sonli “Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2011 yil 5 avgustdan mamlakatimiz hududida aviakompaniyalar, ularing vakolatxonalari va agentlari tomonidan aviachiptachilar realizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha tartib belgilandi. Unga ko‘ra, biletlar O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun hamda aviatashuvning barcha punktlari mamlakatdan tashqarida bo‘lganida rezidentlar uchun ham xorijiy valyutada sotiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo aloqalari bosh agentlik direktori Alisher Mullabekov ma'lumoti asosida “Darakchi” nashri yozmoqda.

— Vazirlar Mahkamasining yuqorida eslatib o‘tilgan Qarorining 3-ilovasiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlari va ularning oila a'zolariga aviatashuvning uchish punktlari mamlakatdan tashqarida bo‘lganida MAK biletlari so‘mda sotilishi belgilangan. Shuningdek, yuridik shaxslar xodimlarini xizmat safarlariga jo‘natayotganlarida, uchish punkti mamlakat ichida bo‘lganida rasmiy xat bilan murojaat qilishlari va biletni milliy valyutada olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, uchish punkti mamlakat ichida bo‘lganida aviabiletlarni milliy valyutada realizatsiya qilinadigan shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra:

- 1941-1945 yillar urush qatnashchilari, nogironlar va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941-1945 yillarda urush ortida fidokorona mehnat qilib, orden va medallar bilan taqdirlanganlar;
- I va II guruh nogironlari va ularning kuzatuvchilari;
- Bolaligidan nogironlar va ularni kuzatuvchi shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy-konsultativ komissiyasi yoki byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida davolanashiga chiqayotgan shaxslar;
- Telegramma asosida yaqin qarindoshlarining janozasiga ketayotgan shaxslar;
- Oliy o‘quv yurtining taklifi/yo‘llanmasi asosida xorijda ta'lim olish uchun chiqayotgan shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatlarini likvidatsiyasida ishtirok etganlar;
- Uchish punktlari mamlakatdan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga;
- Rossiya Federatsiyasiga parvoz qilayotganlarga;
- “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning barcha turdagi qatnovlarida uchayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga xorijiy valyutada;
- MDH (Rossiyadan tashqari) va uzoq xorijga parvoz qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga milliy valyutada aviabilet sotiladi.

Ko‘proq yangiliklar: