23 aprelda Ispaniya Primerasining 35-turida "Atletiko" o‘z maydonida "Malaga"ni kutib oldi.
Uchrashuv "matraschilar"ning 1:0 hisobidagi minimal ustunligi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 62-daqiqada Anxel Korrea kiritdi. Shunga qaramasdan, ikkala jamoada ham o‘yin yakunlanguncha hisobni o‘zgatirishga imkoniyatlar talaygina bo‘ldi.
Qayd etish joizki, "matraschilar" bosh murabbiyi Diyego Simeone uchrashuv davomida maydondan chetlatildi.
"Atletiko" shu g‘alabasi evaziga 82 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi va avvalroq "Rayo Valekano"ni mag‘lub etgan "Real"ni (81 ochko) ortda qoldirdi.
Biroq "Barselona" ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmadi va agar 79 ochko to‘plagan kataloniyaliklar "Sporting"ni yutsalar, o‘zlariga yetakchilikni qaytib oladilar.
Ispaniya Primerasi. 35-tur
Atletiko M – Malaga – 1:0
Gol: Korrea, 62 (1:0).