Windows Phone'dagi smartfonlar sotuvi bir yilda 73 foizga kamaydi

Fan-texnika 20:29 / 23.04.2016 2000

Microsoft kompaniyasi 2016 yilning yanvarida boshlanib, martida tugagan uchinchi moliyaviy choragi uchun hisobot berdi. Ushbu davr mobaynida Windows Phone boshqaruvi ostida 2,3 million smartfon sotildi, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 73 foizga kam. Taqqoslash uchun misol, 2015 yilning uchinchi moliyaviy choragida 8,6 million Lumia smartfonlari sotilgan. Bu Microsoft kompaniyasi bir oyda atigi 750 000 telefon sotmoqda degan gap.

Shuni qayd etish lozimki, so‘nggi paytlarda Microsoft savdosi keskin tushib ketdi, agar vaziyat o‘zgarmasa, unda ikki chorakdan keyin u umuman yo‘qqa chiqishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, Microsoft kompaniyasining asosiy muammosi Windows Phone va Windows 10 Mobile uchun yangi ilovalarning deyarli chiqmayotganligidadir. Ishlab chiqaruvchilar esa bu platformani qo‘llab-quvvatlashni ommaviy to‘xtatganlar, chunki kompaniya ularni qo‘llamayapti va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: