Turkiya politsiyasi IShIDning jangarilari deb taxmin qilingan 6 kishini hibsga oldi, ular Konya viloyatidagi tadbirda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘luga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.
Dovudo‘g‘luga hujum qilishga tayyorgarchilikda gumonlanayotganlar bosh vazirning viloyatga kelishi oldidan ko‘rilgan xavfsizlik choralari vaqtida hibsga olingan.
Ta'kidlanishicha, politsiya avvalroq aniqlangan uch manzil bo‘yicha tintuv o‘tkazgan va u yerda gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan.
Bundan tashqari, ushlanganlarning IShIDga aloqadorligiga ko‘rsatuvchi hujjatlar ham topilgan.
Bu guruhning yetakchisi deb hisoblangan qo‘lga olinganlardan biri suriyalik bo‘lgan.