Pakistan International Airlines aviakompaniyasining samolyoti Irlandiyadagi Shennon aeroportiga bortda tutunlanish aniqlangandan keyin favqulotda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ekipaj favqulotda vaziyat e'lon qilgan. Bu haqda aviatransportda favqulotda vaziyatlarni monitoring qiluvchi Airlive portali ma'lum qilgan.
Samolyotda 205 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.