Pochettino «Tottenhem» futbolchilariga APLning eng yaxshilari taqdirlanadigan marosimga borishni taqiqladi

Sport 09:57 / 23.04.2016 971

«Tottenhem» jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan taqdirlash marosimiga o‘z futbolchilarining borishini taqiqladi.

Murabbiy o‘z shogirdlari APLning navbatdagi turida «Vest Bromvich»ga qarshi kechadigan muhim o‘yin oldidan chalg‘ishlarini istamayapti. Marosimda turli nominatsiyalar bo‘yicha Harri Keyn, Dele Alli, Denni Rouz va Tobi Alderveyreldga mukofotlar topshirilishi mumkin.

«Vest Bromvich»ga qarshi o‘yin 25 aprel kuni, taqdirlash marosimidan bir kun keyin bo‘lib o‘tadi.

«Tottenhem» ayni vaqtda 34 turdan keyin 68 ochko bilan birinchi o‘rindagi «Lester»ni 5 ochkolik farq bilan ta'qib etmoqda.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi jamoaning 4 futbolchisini, Harri Keyn, Dele Alli, Denni Rouz va Tobi Alderveyreldni mavsum ramziy terma jamoasiga kiritgan.

Shuningdek, Dele Alli va Harri Keyn mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlar safida qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: