Pellegrini: «Hatto 2 martadan YeChL va APLni yutsak ham, bari bir o‘rnimga Gvardiola olib kelinardi»

Sport 10:26 / 23.04.2016 1235

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining ishonch bilan ta'kidlashicha u jamoadan kutilgan natijalar qayd etilmagani uchun ketmayapti. Uning aytishicha, jamoa muvaffaqiyatlari Xosep Gvardiolaning o‘z o‘rnini egallashiga ta'sir ko‘rsatmas edi.

Ayni vaqtda «Bavariya»ni boshqarayotgan mutaxassis yozda Pellegrinining o‘rnini egallaydi.

«Klub hamisha Gvardiola bilan ishlashni istab kelgan va bu mantiqan to‘g‘ri. Chunki ularning munosabatlari Gvardiola hali «Barselona»da ekanligida o‘rnatilgandi.

Pep ham o‘zining bu jamoaga kelishiga ancha vaqtdan buyon tayyor edi. Aytishim mumkinki, men jamoa bilan 2 martadan Yevropa chempionlar ligasida hamda Angliya premer ligasida g‘olib chiqsam ham, Gvardiola «Manchester Siti»ga mening o‘rnimga olib kelinardi», – deydi Pellegrini.

Ko‘proq yangiliklar: