Pekinda yengil atletika bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 3ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Sport 17:27 / 23.04.2016 1394

2016 yilning 18-26 aprel kunlari Pekin (XXR) shahrida yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan paralimpiya terma jamo a'zolaridan Hamroyev Faxriddin (400m. yugurish) 50.96 soniya bilan, Svechnikov Aleksandr (nayza otish) 62m 43 sm. va Qayumova Nozimaxon (nayza otish) 43.31 sm. natijalari bilan 3ta oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning keyingi kunlarida O‘zbekiston vakillari disk otish, yadro uloqtirish va 100 m. masofaga yugurish bahslarida ishtirok etadi.

Ushbu Gran-prida 21 davlatdan 200dan ortiq sportchilar kuch sinashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: