Ohayoda 8 kishini otib ketgan qotil hamon ozodlikda qolmoqda

Jamiyat 09:30 / 23.04.2016 2384

22 aprel kuni AQShning Ohayo shtatidagi Payk okrugi hududidagi xonadonlardan birida oila a'zolaridan 8 kishini otib tashlagan shaxs ozodlikda qolmoqda va u aholi uchun katta xavf tug‘diradi. Bu haqda mahalliy hukumat rasmiy vakili ma'lum qilgan.

"Bu qotillikni sodir etgan shaxs uydan topilgan jasadlar orasida emas. U ozodlikda va u yana jinoyat sodir etishi mumkin", degan shtat prokurori WLWT radiostansiyasi efiri orqali.

"Biz uni faollik bilan qidirishda davom etmoqdamiz. U qurollangan va juda xavfli", degan Ogayodagi Payk okrugi sherifi Charlz Rider. U bu qotillik yollanma qotil tomonidan sodir etilgani ehtimolini istisno etmagan.

Fox News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida 16 yoshli o‘smir bor. Jasadlar shtat janubidagi Pibls shahri yaqinida joylashgan 4ta yonma-yon uyda aniqlangan. Bu uylarda 1 oylik, 1,5 yoshli va 3 yoshli 3 go‘dak tirik holda topilgan.

Bundan oldinroq, dastlabki xabarlarda Ohayoda noma'lum shaxs 1 oilaning 7 a'zosini otib tashlagani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: